«2023 yilgi davlat dasturi» tegli maqolalar


«To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
9 fevral 2023, 15:51

«To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Olmaliq KMKda 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushishi mumkin
8 fevral 2023, 16:53

Olmaliq KMKda 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining «Yoshlik» mis konini o‘zlashtirib, 3-misni boyitish fabrikasini ishga tushirish rejasi muhokamaga qo‘yildi. Shuningdek, Navoiydagi Pistali konida 4 mln tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasi qurilishini yakunlash reja qilinyapti.

O‘zbekistonda har oyda kamida bir marotaba «Hukumat kuni»ni o‘tkazish taklif qilinmoqda
8 fevral 2023, 10:30

O‘zbekistonda har oyda kamida bir marotaba «Hukumat kuni»ni o‘tkazish taklif qilinmoqda

2023 yilgi davlat dasturi loyihasida har oyda kamida bir marta barcha viloyat va hududlarda hukumat a’zolari ishtirokida «Hukumat kuni»ni o‘tkazib borish taklif qilinmoqda. Bunda hududlarda aholi ko‘tarayotgan dolzarb muammolarning hukumat vakillariga yetib borishini ta’minlash maqsad qilingan.

O‘zbekistonga ilk bor noqonuniy dron olib kirganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif etildi
7 fevral 2023, 16:47 1

O‘zbekistonga ilk bor noqonuniy dron olib kirganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif etildi

O‘zbekistonga birinchi marta qonunga zid ravishda dron olib kirgan yoki undan foydalanganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif qilinmoqda. Amalda esa mazkur huquqbuzarlik uchun faqat jinoiy javobgarlik — 3 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.

O‘zbekistonda chet elliklarni ishga olish tartibi soddalashishi mumkin
7 fevral 2023, 15:04

O‘zbekistonda chet elliklarni ishga olish tartibi soddalashishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasida O‘zbekistonda ishlashni istagan chet elliklarni bo‘sh ish o‘rinlariga chaqirishda maqsadga muvofiqlikni o‘rganish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, ular chetdan olib kelgan mashinani olib chiqib ketish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, yig‘im to‘lamasligi ham mumkin.

O‘zbekistondagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin
7 fevral 2023, 12:48

O‘zbekistondagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan respublikadagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin. Bu amaliyot dastlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yo‘lga qo‘yilgan.

Kollej va texnikum pedagoglari oyligi maktab o‘qituvchilari maoshiga tenglashtirilishi mumkin
7 fevral 2023, 11:46

Kollej va texnikum pedagoglari oyligi maktab o‘qituvchilari maoshiga tenglashtirilishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 apreldan boshlab professional ta’lim muassasasi (kollej va texnikum) o‘qituvchilarining maoshi maktab o‘qituvchilariniki bilan tenglashtirilishi mumkin.

Huquqbuzarlikni ilk bor sodir etayotgan tadbirkorga moliyaviy sanksiyalar qo‘llanmasligi mumkin
7 fevral 2023, 10:23

Huquqbuzarlikni ilk bor sodir etayotgan tadbirkorga moliyaviy sanksiyalar qo‘llanmasligi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 martdan tadbirkorlar ilk marta huquqbuzarlik sodir etayotgan bo‘lsa, ularga moliyaviy sanksiyalar qo‘llamaslik taklif qilinmoqda. Agar savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilsa, jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tib, bekor qilinishi mumkin.

Barcha aholi punktlarida harakatlanish tezligi soatiga 60 kmgacha tushiriladi
7 fevral 2023, 09:25

Barcha aholi punktlarida harakatlanish tezligi soatiga 60 kmgacha tushiriladi

Muhokamaga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga muvofiq, 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushirilishi mumkin. Tahlillarga ko‘ra, bu cheklov o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting